Maqolalar 28/03/2025 Talabani o‘qish davrida majburiy xizmatga chaqirish qanchalik to‘g‘ri?

Oliy ta’lim muassasasida kunduzgi shaklda tahsil olayotgan talabalar o‘qishni tugatguncha harbiy xizmatga chaqirilmaydi. Ularning chaqirilish muddati o‘qishni tamomlagunga qadar kechiktiriladi.

Sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga o‘z roziligi bilan olinishi mumkin. Bunday holatda talabalar iyul-avgust oylarida bir oylik harbiy yig‘inlarga jalb etiladi.

Bundan tashqari, harbiy xizmat sababli akademik ta’til olishlari mumkin. Harbiy xizmatni o‘tash uchun akademik ta’til olayotgan talaba sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilmaydi. 

Mabodo  talaba oliy ta’lim muassasasidan chetlatilsa, u chaqirilish muddatini kechiktirish huquqidan mahrum bo‘ladi va harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin.

❗️Eslatib o‘tamiz, bu tartib barcha davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalariga birdek tatbiq etiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni (2002-yil 12-dekabr) va Vazirlar Mahkamasining 344-son qarori.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling