O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-apreldagi PQ-147-son qaroriga asosan:
– Umumta’lim maktablarining 6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ijod yoshlari” tanlovining 1-, 2-, 3-o‘rin sohiblari ijod maktablarining 7-sinfiga belgilangan qabul kvotasi doirasida imtihonsiz qabul qilinadi.
Hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar davom etadi.
10-maydan boshlab murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshlagan.
Shuningdek, murojaatchilar uchun qo‘shimcha ravishda maxsus piima_admission chatbot yaratilgan. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi.
Mazkur shtablardagi malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi. Hujjatlar qabuli onlayn shaklda my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
#Yangiliklar