Yurtimizda 202 ta oliy ta’lim muassasalaridan 53 tasida o‘tgan yili kasbiy-ijodiy imtihonlar o‘tkazilgan. Oliy ta’limga kirishda har yili tasviriy san’at va dizayn, musiqa ta’limi, jismoniy madaniyat, sport yo‘nalishlari, aktyorlik mahorati, rejissyorlik, jurnalistika, xoreografiya, me’morchilik, rassomlik yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy imtihonlar topshiriladi.
Ishlar har bir yo‘nalish va universitet tomonidan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan baholanadi. Har bir topshirilgan ijodiy imtihonlar:
Ijodiy imtihon topshiriladigan yo‘nalishlar uchun majburiy fanlar soni cheklangan, yoki umuman test sinovi o‘tkazilmasligi ham mumkin. Ijodiy imtihonlar iyul oyida, test sinovlari boshlanishidan avval o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish Davlat test markazi rasmiy saytida amalga oshiriladi. Aniq sana, joy va yo‘nalishlar har yili DTM tomonidan e’lon qilinadi
Natijalar asosida OTMga davlat granti yoki shartnoma asosida qabul qilinadi. Ijodiy imtihon natijalariga nisbatan apellyatsiya berish imkoniyati ham mavjud. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 8 ta oliy ta’lim muassasalarida ijodiy imtihonlar bekor qilingan.
#Maqola