Yangiliklar 08/02/2025 "Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash" magistratura mutaxassisligi ochiladi

   2025-yil o‘quv yilidan O‘zbekiston Huquqni muhofaza qilish akademiyasida yangi "Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash" magistratura mutaxassisligi ochiladi.

Yangi yo‘nalishlar:

  • Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish” bakalavriat yo‘nalishi.
  • O‘zbekiston Huquqni muhofaza qilish akademiyasida "Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash" magistratura mutaxassisligi.

Imtiyozlar:

  • Xalqaro olimpiadalar sovrindorlari imtihonsiz qabul qilinadi.
  • Xalqaro IT sertifikatiga ega nomzodlar maxsus fanlardan imtihonsiz qabul qilinadi.

2025-yil 1-iyulga qadar akademiyada kiberxavfsizlik va raqamli kriminalistika fakulteti tashkil etiladi.
 

#Ta'lim telekanali   #Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling