1. O‘qishni boshqa viloyatga ko‘chirish uchun qanday elektron platforma orqali ariza berish mumkin?
Respublika oliy talim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar 2 ta elektron tizim bo‘yicha qabul qilinadi:
Agar siz davlat oliy talim muassasasidan boshqa bir davlat oliygohiga o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lsangiz arizangizni transfer.edu.uz saytiga yuklaysiz, agar xorijiy yoki nodavlat universitetlardan davlat oliygohlariga o‘tkizmoqchi bo‘lsangiz my.uzbmb.uz sayti orqali ariza qoldiriladi.
2. O‘qishni ko‘chirish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
Online ariza, transkript yoki reyting daftarchasi JPG yoki PDF ko‘rinishida taqdim etilishi lozim.
3. Qanday hollarda o‘qishni boshqa viloyatga ko‘chirish mumkin?
2 ta holatda o‘qishni ko‘chirish mumkin bo‘ladi:
1. Talaba oila qurgan taqdirda turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan oliy talim muassasaga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganida
2. Davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, bunda tegishli vazirlik va idora rahbarlarining tavsiyasi talab etiladi
4. Chet el talabalari O‘zbekistonga o‘qishini ko‘chirishi uchun qanday talablar qo‘yilgan?
Amaldagi tartibga ko‘ra, xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy talim muassasalaridan davlat oliygohlariga o‘qishini ko‘chirishi uchun faqat mos va turdosh talim yo‘nalishlariga hujjat topshiriladi va maxsus sinov imtihonida ishtirok etib o‘tish balini to‘plashi kerak bo‘ladi. O‘tish Ballari har yili bilim va malakalarni aniqlash agentligining rasmiy saytida e’lon qilinadi. O‘tish balini yig‘a olmagan talabalar tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt asosida o‘qishlari mumkin bo‘ladi, lekin mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishida o‘qishi mumkin bo‘lmaydi.
5. O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qaysi paytda qabul qilinadi?
Yiliga 2 marta qabul qilinadi. Barcha turdagi o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5- avgustga qadar amalga oshiriladi. Talabalar o‘qishini uzrli sabablarga ko‘ra ko‘chirish har yil 20- dekabrdan keyingi yilning 20-yanvariga qadar amalga oshiriladi.
6. Grantdagi talabalar o‘qishini ko‘chirgan taqdirda kontraktga o‘tadimi?
O‘qishning barcha shakllari bo‘yicha oliy ta limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha davlat grantlari o‘rinlariga ko‘chirishiga faqat davlat grantlari asosida tahsil olgan talabalar arizasiga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarida tegishli o‘quv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi. Ya’ni agar oliy talim muassasasi yo‘nalishlari uchun ajratilgan bo‘sh grant o‘rni bo‘lsa, talim muassasalaridagi vaziyatdan kelib chiqib talabaga grant asosida o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilishi mumkin. Ko‘zi ojiz va nogironligi bor talabalarga grant asosida o‘qishni ko‘chirishi belgilab qo‘yilgan.
#Ta'lim telekanali #Maqola #O‘qishni ko‘chirish #Top savollar #Javoblar