Ko‘plab mamlakatlarda o‘quv yili yakunlanib, yozgi ta’til boshlanmoqda. Endi bolalar deyarli bir necha oy ta’lim jarayonidan butkul uzilib, ota-onalari bag‘riga qaytadilar.
O‘zbekistonda esa aksincha, o‘quv jarayoni davom ettiriladi. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, "Dolzarb 90 kun" dasturi asosida ta’lim muassasalarida turli xil o‘quv kurslari, to‘garaklar tashkil etilib, barcha o‘quvchilar ta’lim jarayoniga to‘liq qamrab olinishi reja qilinyapti.
Eshitishimizga qaraganda, "Dolzarb 90 kun" dasturi yangi o‘quv yiliga qadar davom ettirilib, sentyabr oyidan bolalar va pedagoglar yana ta’lim jarayoni bilan band bo‘ladilar.
Bu tadbirlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yozgi ta’til vaqtida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilmoqda.
Siz "Dolzarb 90 kun"ni qanday o‘tkazmoqchisiz?
#Maqola