Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan oliy va professional ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Navoiy ziyosi” audioinsholar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:
Audioinsholar uchun mavzular:
Tashkilotchilar tomonidan audioinsholar ichidan eng yaxshi 50 tasi saralanib, mualliflari 2-bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘ladi;
2-bosqichda ishtirokchilarga Alisher Navoiy hayoti va ijodi, asarlaridan tuzilgan 40 ta test hamda savollar beriladi:
Yakunda 2-bosqich bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar tanlov g‘olibi deb topiladi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II, III darajali diplomlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun berilgan mavzular bo‘yicha audioinsho tayyorlab, @AlisherNavoiybot manzili orqali yuborishingiz mumkin. Audioinsholar 9-fevral kuni soat 20:00 ga qadar qabul qilinadi.
Tanlovga qabul qilingan barcha audiomateriallar @talabalar_media_maskani Telegram kanaliga joylab boriladi.
#Ta'lim telekanali