O‘zbekistonning eng yuksak adabiy an’analari va madaniyatiga boy insonlari, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi – adabiyotga va san’atga qiziqqan yoshlar uchun ajoyib imkoniyatlar yaratishga intilayotgan muassasa sifatida ajralib turadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilgi tashrifidan so‘ng, bu maktabning tashkil etilishi yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning iste’dodlarini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni ta’kidlab o‘tgan.
Shundan so‘ng o‘quvchi-yoshlar orasidan badiiy adabiyot va boshqa ijod sohalariga qiziqadigan, iqtidorlilarini saralash, ulardagi iste’dodni yanada rivojlantirish uchun tegishli sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 418-sonli, Jizzax viloyati hokimining 2017-yil 15-avgustdagi 462-sonli, Jizzax shahar hokimining 2017-yil 18-avgustdagi 1497-sonli qarorlari asosida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi tashkil etilgan.
Hozirgi kunda maktabda 232 nafardan ortiq yoshlarga malakali pedagoglar sifatli ta’lim va tarbiya berib kelmoqda.
Har yili ijod maktabiga o‘quvchilarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, saralash imtihon asosida VII sinfdan amalga oshiriladi. Ijod maktabiga iqtidorli o‘quvchilarni qabul qilish hamda bo‘shab qolgan o‘rinlarni to‘ldirish uchun saralash imtihonlari Agentlik tomonidan belgilangan qabul kvotasi doirasida amalga oshiriladi.
Saralash imtihonlarida yetarli ballarni to‘plamagan yoki qatnashmagan o‘quvchilarni ijod maktabi o‘quvchilar safiga qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Maktabda o‘quvchilar uchun 5 mahal ovqat, turar joylari va 8 dan ortiq quyidagi to‘garaklar bepul faoliyat olib boradi:
Bundan tashqari maktabga tegishli tibbiyot muassasasi va sport zalida ham o‘quvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Nega aynan farzandimni bu maktabda o‘qitishim kerak degan savolga maktab rasmiy saytida quyidagicha javob berilgan.
Maktabimiz standart texnik maktab jihozlaridan tashqari, nazariy bilimlarni amalda mustahkamlash uchun maxsus ishlab chiqilgan uskunalar bilan boyitilgan. Ilmiy laboratoriyalar va namoyish zallari zamonaviy jihozlarga ega. 10 dona zamonaviy smart doska va 8 proyektor mavjud. 74 ta kompyuter sinf o‘quv maqsadlariga mo‘ljallangan, o‘quvchilar jihozlardan shaxsiy (o‘yin-kulgi, tarmoq uchun) foydalanishlari mumkin.
Hozirgi kunga kelib, maktabda tahsil olayotgan 11 nafar o‘quvchilarning 14 ta she’riy kitoblari, 5 ta o‘quvchilar bayozi va 1 ta ilmiy maqolalar to‘plami, “Ijod bog‘idan guldasta” kitobining 3 ta to‘plami nashr ettirilgan, 2 nafar o‘quvchilar esa yangi kitoblari nashr ettirilishi uchun mas’ul tashkilotlarga taqdim etilgan.
Maktab o‘quvchilarining oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichi ham boshqa maktablarga qaraganda ancha yuqori. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi “O‘tgan yilgi bitiruvchilarining ta’lim muassasalari reytingi” statistik ma’lumotlariga ko‘ra: imtihon test sinovlarida ishtirok etgan o‘tgan 2024-yilgi bitiruvchilarning to‘plagan o‘rtacha bali bo‘yicha Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari Jizzax viloyatida 166.9 ball bilan, birinchi Respublika miqyosida esa 2-o‘rinni egallagan.
Bundan tashqari boshqa xorijiy va yurtimizdagi tanlov va festivallarda ham aynan shu ijod maktabining o‘quvchilari doim faol ishtirok etib kelishadi.
Ijod maktabida har oyda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda turli xil adabiy tadbirlar va suhbatlar ham tashkil etiladi. Shuningdek Ijod maktabining 5 nafar ijodkor o‘quvchilari “Zomin seminari”da ishtirok etishdi, esdalik sovg‘alar va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
Bugungi kunda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda faol faoliyat olib boradi:
Agar sizning ham farzandingizdagi ijodiy qobiliyatni aniqlasangiz yoki qo‘shimcha savollar paydo bo‘lgan bo‘lsa, quyidagi manzilga va raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Ijod maktabiga qabul uchun javobgar shaxs: Mamurov Akbar +99899-550-04-44
Ijod maktabi — bu aqlning qanotlarini yengillashtirib, orzularni haqiqatga aylantiradigan sehrli makon.
Bizni kuzatishda davom eting Ta’lim telekanali ta’limdagi eng so‘nggi yangiliklarni har doim siz bilan bo‘lishishga tayyor!
Ma’mura To‘rayeva tayyorladi
#Maqola