O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mamlakatimizda sport bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis murabbiylarni tayyorlaydigan yagona tayanch oliy ta’lim dargohi hisoblanadi.

Universitet tarixi
Jismoniy tarbiyaga bo‘lgan ehtiyoj, mahalliy xalq orasidan jismoniy tarbiya xodimlarini tayyorlashga bo‘lgan zarurat tufayli 1935-yilda Toshkentda jismoniy tarbiya texnikumi ochilgan. Biroq o‘sha davrlarda yuqori malakali mutaxassislar Moskva, Leningrad kabi shaharlarda tayyorlanar va iste’dodli yoshlar shu shaharlarga borib o‘qishga majbur edilar. 1949-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti, 1951-yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutida oliy ma’lumotli jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlaydigan fakultetlar tashkil etilgan. Ammo jamiyatda yigit-qizlarning muntazam sport – sog‘lomlashtirish bilan shug‘ullana boshlagani mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini yanada kuchaytirgan. 1955-yilga kelib Respublika oliy o‘quv yurtlari, maktablar va sport tashkilotlarida bor-yo‘g‘i 247 nafar oliy ma’lumotli jismoniy tarbiya ma’lumotiga ega bo‘lgan mutaxassislar ishlagan. Shuning uchun zudlik bilan yuqori malakali sport trenerlari, sport hakamlari, jismoniy tarbiya va ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasi bo‘yicha mutaxassislar, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, sportchi-yo‘riqchilar va ilmiy xodimlarni tayyorlash muammosini zudlik bilan hal etish zarur bo‘lgan. Xullas, jismoniy tarbiya harakatini takomillashtirish, sifat jihatdan tamomila yangi mutaxassislar avlodini tarbiyalash, mahalliy xalq vakillarining sport musobaqalarida faol ishtirokini ta’minlash zarurati sabab 1955-yil 13-avgustda sobiq Ittifoq hukumatining 5972-sonli farmoyishi, O‘zbekiston SSR Ministrlar Kengashining 27-oktyabrdagi 653-sonli qarori bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti tashkil etilgan.

2018-yil universitet tarixida tub o‘zgarish va yangilanish davri bo‘ldi. Avvalo, tarix zarvarag‘ida yangi sahifa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 5-martdagi PF-5368-sonli Farmoniga binoan Jismoniy tarbiya va sport instituti negizida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil etildi.

Universitetda 3 ta bakalavriat va 8 ta magistratura hamda 4 ta tayanch doktorantura yo‘nalishlari mavjud. Hozirgi kunda universitetda 23 ta kafedra, shuningdek, magistratura, sirtqi va maxsus sirtqi bo‘limlar mavjud.
Hozirda universitetning quyidagi 2 ta filiali faoliyat yuritmoqda:
● O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filiali
● O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filiali

2023-2024 yillar davomida universitetda faoliyat olib borgan professor-o‘qituvchilarning 10 nafari professor hamda 40 nafari dotsent ilmiy unvonlariga ega bo‘lishdi. Shuningdek, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha 4 ta ixtisoslikda 38 nafar doktorant, 258 nafar mustaqil izlanuvchilar ilmiy faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Universitetda jami 11 851 nafar talaba (byudjet 1397 nafar, kontrakt 10 454 nafar) tahsil olmoqda. Shulardan, kunduzgi ta’limda bakalavriat bosqichi talabalari soni 5 817 nafar, ulardan 1 234 nafari davlat granti asosida, 4 583 nafari to‘lov-shartnoma asosida, Magistratura mutaxassisligi talabalari soni 353 nafar, ulardan 41 nafari davlat granti, 312 nafari to‘lov-kontrakt asosida tahsil olmoqda.

FAKULTETLAR:
Universitet bakalavriat, magistratura va doktarantura bosqichlarida quyidagi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlaydi:
Bakalavriat yo‘nalishi:
Magistratura mutaxassisligi:
Tayanch doktorantura:

Universitetda asosiy shtatda jami 426 nafar professor- o‘qituvchi faoliyat olib bordi. Jami ilmiy daraja va unvonlilar -109 nafar. 11 nafar fan doktori, professor, 98 nafar fan nomzodi dotsent. (PhD). 103 nafar katta o‘qituvchi va 214 nafar assistent. Ilmiy salohiyat asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilarga nisbatan 25.5% ni tashkil etadi.
Quyidagi biruvchilar universitetning faxri hisoblanadi:

Universitet Axborot resurs markazining fondi 49 578 nomda 222 962 nashr birligini tashkil qiladi. Shu jumladan: Ilmiy 23930 nusxada, O‘quv qo‘llanmalar 176690 nusxada, Badiiy adabiyotlar 21067 nusxada. Boshqa adabiyotlar 1263 nusxada, elektron adabiyotlar 16252 ta, Brayl adabiyotlar 12 ta . To‘liq matnli ma’lumotlar bazasi mavjud.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti xorijiy ilmiy dasturlardan: Web of Science, Ebsco, UzNel, Diss.natlib.uz, ibs.natlib.uz, Press.natlib.uz bazalaridan cheksiz foydalanish imkoniyatiga ega. Axborot-resurs markazida 3 ta o‘quv zali mavjud bo‘lib, o‘rindiqlar soni 130 tani tashkil etadi. Shundan: talabalar o‘quv zali 54 o‘ringa, professor-o‘qituvchilar o‘quv zali 16 o‘ringa, Madaniyat saroyidagi talabalar o‘quv zali 60 o‘ringa mo‘ljallangan.

Universitet bugungi kunda jami 52 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari va 2 ta xalqaro tashkilot (Osiyo xokkey federatsiyasi hamda Xalqaro boks assotsiatsiyasi - IBA) lar bilan hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, 4 ta xorijiy universitetlar: Amerika Sport Akademiyasi, Pekin Davlat Sport Universiteti hamda Italiya “Foro Italiko” universitetlari bilan onlayn muloqotlar o‘tkazilib, hamkorlik masalalari kelishib olindi. bilan qo‘shma dasturlar olib borish borasida kelishuv olib bormoqda.
Agar sizda yana qo’shimcha savollar paydo bo‘lsa bemalol quyida ko‘rsatilgan manzilga va raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin.
Bizni kuzatishda davom eting Ta’lim telekanali ta’limdagi eng so‘nggi yangiliklarni har doim siz bilan bo‘lishishga tayyor!
Ma’mura To‘rayeva tayyorladi
#Oliygohlar