“2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-184-son, 15.05.2025-y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, 2030-yilda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish belgilandi, jumladan:
🔹 4,2 mln nafar umumiy o‘rta ta’lim tizimi tashkilotlari o‘quvchilarida ekologik ta’lim-tarbiyaning mustahkamlanishi, ekologik madaniyatning yuksalishi;
🔹 400 ming nafar o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarida ekologik ta’lim-tarbiyaning mustahkamlanishi, ekologik madaniyatning yuksalishi.
💬 Qaror bilan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
✔️ 2025–2026-o‘quv yilidan boshlab:
▶️har yili ilmiy loyihalar tanlovida aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishni ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etishga oid mavzular e’lon qilib boriladi;
◀️oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati tashkil etiladi.
🌐 “Ekolog olimlar hamjamiyati” nodavlat notijorat tashkiloti ta’sis etiladi.
💬 Har yili talabalar o‘rtasida “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” va “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” kabi nominatsiyalar hamda startap loyihalar bo‘yicha tanlovlar tashkil etiladi.
📝 Shuningdek, 5-iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan har yili talabalar o‘rtasida dolzarb ekologik masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy forum o‘tkaziladi.
⭐️Oliy ta’limdan keyingi ta’limda ekologiya sohasidagi tadqiqotlar qabul kvotalari 30 foizga oshiriladi.
🛡Ekologik madaniyat va ekologiya muammolari sohasida xotin-qizlar uchun hududlar kesimida doktorantura uchun qo‘shimcha kvotalar ajratiladi.
#Yangiliklar