Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 6-iyul kuni bo‘lib o‘tadi

Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlariga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.
Kirish imtihonlarining birinchi bosqichida matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida) bo‘ladi.
⏰ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.
❌ Topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, javoblar varag‘iga belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
📍 Ma’lumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Qolgan hududlarning imtihonlari o‘z hududlarida o‘tkaziladi.
Kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling
Obuna bo'ling