Yangiliklar 20/01/2025 SMMga qizlarni bepul o‘qitishning 2-mavsumi boshlanmoqda

Poytaxt hokimligi tashabbusi bilan oʻtkaziladigan “Toshkent yoshlarni sevadi” anʼanaviy loyihasi doirasida SMM yoʻnalishiga 1000 nafar qiz bepul oʻqitilishi eʼlon qilingandi.

Shundan soʻng, loyihaning birinchi mavsumida 500 nafar qiz SMMga bepul oʻqitilib, sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi.

Endilikda loyihaning ikkinchi mavsumida keyingi 500 nafar qiz uchun oʻqish imkoniyati ochilmoqda. Buning uchun 5-fevralga qadar @smaktabbot Telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtish lozim.

Eslatib oʻtamiz, loyiha doirasida SMM maktabda oʻqish uchun Toshkent shahrida doimiy istiqomat qiluvchi, 30 yoshgacha boʻlgan, vaqtincha ishsiz qizlar tanlab olinadi.

#Ta'lim telekanali   #Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling