“Talabalik oltin davrim” degan gap bekorga aytilmaydi. Chunki bu davrda talabalarda energiya juda kuchli bo‘ladi. Shu sababli dunyoni qaytadan yaratmoqchi bo‘lganlari ham bor. Ba’zi dunyo universitetlari talabalari bu davrda turlicha shirk va bema’ni odatlarni o‘zlariga kasb etadilar. Ayrim odatlar kulgingizni qistatsa, ayrimlari havasingizni keltiradi. Quyida sizlar uchun top 10 ta qiziqarli faktlarni keltiramiz.
1. Nantes shahrining universitetlaridan birida maxsus uxlash xonasi mavjud. Talabalar dars vaqtida uxlamasliklari uchun “uyqu xonasi” tashkillashtirilgan. Mazami? Talabalar uyqulari kelib qolsa, “uyqu xonasi”ga borib bemalol “xurrak”ni otaveradilar.
2. Yaponiyalik talabalar imtihonga shokolad bilan keladilar va imtihondan oldin uni o‘qituvchini oldiga qo‘yadilar. Yapon yoshlari shokolad imtihon vaqtida omad keltirishiga ishonishar ekan.
3. Dunyodagi ko‘pgina davlatlarning talabalari Frankenshteyn deganda xayollariga qo‘rqinchli maxluq keladi. Aslida esa yozuvchi Meri Shelli o‘zining “Frankenshteyn yoki zamonaviy Prometiy” romanida qahramonni Viktor ya’ni Frankenshteyn deb atagan u esa yosh olim talaba bo‘lgan. Maxluq esa “Monstr” ismida bo‘lgan.
4. Ispaniyaning Slamanka nomli universitetidagi talabalar imtihonni muvaffaqiyatli topshirish uchun universitetning binosiga tushirilgan mukammal bezakning ichida qurbaqa shaklini topishga harakat qiladilar.
5. Vetnamda maktab o‘quvchilari va talabalarni imtihondan avval banan yeyishga ko‘ndirib bo‘lmas ekan. Vetnamliklar bananni juda silliq deb hisoblashar ekan, bu esa “sirg‘anish” ma’nosi bilan bir bo‘lib, “muvaffaqiyatsizlik” so‘ziga mos kelar ekan.
6. Universitetdan berilgan eng qisqa tavsiyanomani matematik talaba Djon Nesh olgan. Djon Nesh “Tafakkur o‘yini” filmidagi qahramonning prototipidir. Tavsiyanomada “Bu inson daho!” deb yozilgan edi.
7. Xorijning ko‘pgina universitetlarida yana bir g‘alati odat mavjud ekan. Bu “ibtidoiy qichqiriq” deb nomlanuvchi odatida, talabalar tashqariga chiqishib 5 daqiqadan 10 daqiqagacha qichqirishar ekan. Ta’kidlashlashlaricha, bunday mashq sessiya vaqtida ortiqcha hayajon va kuchlanishni bartaraf etishga yordam berar ekan.
8. “Student” (Talaba) so‘zi ilk marotaba Rim shoiri Ovidiy tomonidan ishlatilgan. Lotin tilidan tarjima qilganda ma’nosi qattiq ishlaydigan shaxs va qattiq ishlamoq ma’nolarini beradi.
9. Dunyodagi eng uzun “shpargalka” 600 metrga teng bo‘lib talabalar uni yaratish uchun 16 soatni sarflaganlar.
Ma’mura To‘rayeva tayyorladi.
#Maqola