Yangiliklar 11/05/2025 Ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 8,1 trln so‘mga yetdi — statistika

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 8,1 trln so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,8 % ini tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 7,6 % ga oshgan.

Ta’lim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy ta’lim sohasidagi xizmatlarning ulushi 45,8 % ni egallab ustunlik qildi.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling