Maqolalar 24/12/2024 Tarbiyachilarga sertifikat uchun ustama to‘lanadimi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022-yildagi PF-134-son Farmoni 9-bandiga ko‘ra xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 va 20 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-Q/q-son va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-son qarori (ro‘yxat raqami 3515)ga ilovada Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar Ro‘yxati tasdiqlangan.

Ushbu qarorga ko‘ra ustama til yoki fan sertifikati orqali faqat shu fan bo‘yicha tegishli sertifikatini olgan o‘qituvchilarga to‘lanadi.

Manbaa: https://t.me/Yurist_Xizmati/11206

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling