Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan oliy ta’lim muassasalari tyutorlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslarining navbatdagi guruhi dars mashg‘ulotlari boshlandi.
Mazkur kurs oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi tyutorlarning talaba-yoshlar bilan ishlash jarayonida ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-metodik, ilmiy va innovatsion sohadagi faoliyatni tashkil etishda zarur bo‘lgan zamonaviy bilimlarini muntazam ravishda yangilab borish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun Vazirlik tizimidagi tashkilotlar hamda oliy ta’lim muassasalaridan tajribali mutaxassis hamda pedagoglar jalb etilgan.
Malaka oshirish mashg‘ulotlari yakunlangach ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan kurs tinglovchilariga QR-kodli elektron sertifikatlar beriladi.
#Ta'lim telekanali #Yangiliklar