Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi, tarbiyaviy ahamiyatga ega va umummilliy qadriyatlarni shakllantiruvchi milliy mediakontentlar yaratish hamda eng yaxshi intellektual shoularni tashkil etish uchun 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi;
Shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda ilm-fan va ta’lim yo‘nalishidagi foydali milliy internet resurslari reyestrini shakllantirib, Raqamli texnologiyalar vazirligi ulardan bepul internet tarmog‘i orqali foydalanishni yo‘lga qo‘yadi.
Asos: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni.
#Maqola