Maqolalar 09/04/2025 1- va 2-bosqich talabalar qanday holatlarda akademik qarzdor hisoblanadi?

➡️1-holat: Agar talaba bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizi va undan ortiq hajmini sababsiz qoldirsa;

➡️2-holat: Fan yakunida joriy nazorat bo‘yicha to‘plagan o‘rtacha bali 60 dan kam bo‘lsa;

➡️3-holat: Agar talaba fan yakuni bo‘yicha oraliq yoki yakuniy nazorat imtihonlaridan 60 dan kam ball to‘plasa.

(Bunda talabaga ONni qayta topshirish uchun 2-marta (dekanat ruxsati va koordinatsion kengash qarori asosida), YaNni qayta topshirish 2-marta (1-marta dekanat ruxsati bilan, 2-marta koordinatsion kengash qaroriga binoan pullik asosida attestatsiya davrida amalga oshiriladi, bunda to‘lov qiymati yozgi semestr uchun to‘lanadigan pul miqdorining 30%ni tashkil qiladi) imkoniyat beriladi. 

❕ Akademik qarzdor talabalarga o‘z xohishiga ko‘ra, yozgi ta’til vaqtida o‘rnatilgan tartibda to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng qayta ta’lim olishi imkoniyati beriladi.

✉️ Huquqiy asos 

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling