Oliygohlar Darsliklar Xususiy maktablar Oliygoh tanlash boti
O'zbek ▾
O'zbekЎзбекРусскийIngliz tili
Yangiliklar

15-16-mart kunlari kimyo va biologiya fanlaridan o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihon natijalari e’lon qilindi

15-16-mart kunlari kimyo va biologiya fanlaridan o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihon natijalari e’lon qilindi

Xabaringiz bor, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari joriy yilning 15-16-mart kunlari o‘tkazilgan edi.

Bugundan ana shu fanlardan milliy sertifikat natijalari e’lon qilina boshlandi.

Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

  • 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
  • 65 – 69,9 ball — A daraja;
  • 60 – 64,9 ball — B+ daraja;
  • 55 – 59,9 ball — B daraja;
  • 50 – 54,9 ball — C+ daraja;
  • 46 – 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;

B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball.

Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

Ulashish: Telegram Facebook
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling Obuna bo'ling

Mavzuga oid