Maqolalar 18/05/2025 20 yillik ish tajribasi va kompyuter fanlari diplomiga ega mutaxassisni sun’iy intellekt sabab ish joyidan bo‘shatishdi

AQSHlik tajribali dasturiy ta’minot muhandisi Shon K. ilgari yiliga 150 ming dollar maosh olgan bo‘lsa, bugun u treylerda yashashga majbur bo‘lmoqda. Uning yiliga 150 ming dollar maosh to‘lanadigan ishidan bo‘shatib, o‘rniga sun’iy intellektni jalb qilishgan. Bu uning uchinchi marta inqiroz sababli ishdan ayrilishi hisoblanadi. 20-yillik tajribasiga qaramay, u so‘nggi bir yil ichida yuborgan 800 ta ish arizasidan deyarli hech qanday natija chiqmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon nafaqat texnologik inqilob, balki kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy inqirozning boshlanishidir.

Shon ilgari ham 2008-yilgi moliyaviy inqiroz va pandemiya davrida ishidan ayrilgan edi, ammo u vaqtlar qisqa fursatda yana ish topishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq 2024-yilda sun’iy intellekt rivoji tufayli yana ishdan bo‘shatildi.

20 yillik tajriba va kompyuter fanlari bo‘yicha diplomiga qaramay, 800 ta ariza yuborganidan keyin atigi 10 tagina suhbatga chaqirildi, ularning ba’zilari esa odam emas, sun’iy intellekt tomonidan olib borildi.

Men AI’ni ayblamayman. Ammo kompaniyalar AI imkoniyatlaridan foydalanib, xodimlarni ishdan bo‘shatish o‘rniga, ularni kuchaytirish va ulkan ishlarga jalb etishlari kerak edi, — deydi o‘z ishini sun’iy intellektga boy bergan mutaxassis.

Anthropic kompaniyasi bosh direktori Dario Amodei esa, 2025-yil sentyabrgacha AI kodning 90 foizini yozishini, 12 oy ichida esa deyarli barcha kodlarni AI yozishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling