Maqolalar 02/06/2025 9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul ochildi, akademik litseylarga qabul davom etmoqda. Magistratura esa haliyam ochilmadi

9-sinf bitiruvchilari 515 ta texnikumning birida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 1-iyuldan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

1 kunda salkam 60 ming ariza kelib tushgan.

ℹ️ Ma’lumot o‘rnida, joriy yil 139 ming 245 nafar 9-sinf bitiruvchisi davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Shundan:

➖118 ming 595 nafari kunduzgi ta’lim shakliga;

➖20 ming 650 nafari dual ta’lim shakliga.

✅ Shuningdek, my.edu.uz portali orqali akademik litseylarga ham qabul davom etmoqda.  Hozirgacha salkam 40 ming ariza kelib tushgan. Arizalar 10-iyulga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

❌ Magistratura uchun qabul esa haliyam ochilmadi.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling