Maktabga O‘zbekistonning eng iqtidorli 8-sinf bitiruvchilari orasidan har yili 60 nafar o‘quvchi qabul qilinadi (joriy yilgi qabul jarayon25-iyunga qadar davom etadi).
➖Qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqichda har bir hududda matematika va ingliz tili fanlaridan 40 tadan test savoli asosida 100 ballik tizimda saralash imtihoni bo‘lib o‘tadi va eng yuqori ball to‘plagan 300 nafar o‘quvchi Toshkent shahridagi 2-bosqichga o‘tadi.
2-bosqichda ham matematika va ingliz tilidan yozma imtihon o‘tkazilib, yakuniy natijalarga ko‘ra 60 nafar eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchi maktabga qabul qilinadi.
O‘quvchilar tahsil davomida nafaqat ingliz tili, balki kamida yana bitta qo‘shimcha xorijiy tilni ham puxta o‘zlashtiradi.
Maktabning ta’lim dasturi International Baccalaureate diplomi bilan yakunlanadi, bu esa bitiruvchilarga dunyoning yetakchi universitetlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirish imkoniyatini beradi.
#Yangiliklar