So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling
Savol: Xorijiy oliy ta’lim muassasasiga topshirish uchun apostil talab etildi, u qanday olinadi?
Javob: Apostil qo‘ydirish orqali Gaga konvensiyasining barcha ishtirokchilari tomonidan hujjatni tasdiqlash boshqa talab etilmaydigan qonuniylashtirish usuli bo‘lib, bunda hujjatdagi imzo va muhrning haqiqiyligi tekshiriladi. Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar xususan maktabni yakunlaganligi to‘g‘risidagi shahodatnomalarga apostil olish zarur bo‘ladi. Apostil olish uchun esa davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki elektron davlat xizmatlari portali orqali murojaat yuborish, shuningdek bevosita Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qilish orqali ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
#Maqola