Yangiliklar 15/04/2025 Attestatsiya jarayonlarini onlayn kuzatib borish uchun maxsus sayt ishga tushirildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi. 

15-aprel kuni mazkur jarayonlarda umumta’lim maktablarining Geografiya, Rus tili (milliy) hamda Rus tili va adabiyoti fanlari o‘qituvchilari ishtirok etyapti.

Jarayonlarni quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishingiz mumkin:

cams.uzedu.uz

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling