Maqolalar 28/11/2024 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakllari haqida

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim — doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydigan ta’lim turi;

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalarida tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik shakllaridagi oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshirish tizimi;

Stajor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;

Tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;

Doktorantura — fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;

Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;

Stajor-tadqiqotchi — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga stajor-tadqiqotchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;

Doktorant — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;

Mustaqil izlanuvchi — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;

Izlanuvchi — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs.

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi — oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul qilish, stajor-tadqiqotchi va izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejalari bajarilishi bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish bo‘yicha hujjatlarning elektron almashinuvini tashkil etishga mo‘ljallangan axborot tizimi.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling