Maqolalar 15/04/2025 O‘qishni ko‘chirishda oldindan kursini bilish tizimini joriy qilish kerak

Ko‘pchilik talabalar o‘qishni ko‘chirishdan avval nechanchi kursdan qabul qilinishini oldindan bilishni istashadi, sababi keyingi rejalarni shunga qarab amalga oshirishadi. Biroq, amalda buni bilish imkonsiz.

Sababi fanlar farqini solishtirish uchun barcha davlat OTMlari ham yo‘nalish va kurslar bo‘yicha o‘quv dasturlarini rasmiy saytlariga e’lon qilmaganlar. Talaba OTMga borib aniqlashi esa deyarli qiyin masala.

Yagona imkoniyat –  imtihonlardan o‘tib bo‘lgach aloqa xatini olgani borganida yoki undanam keyinroq nechanchi kursdan qabul qilinishlarini biladilar. Bu vaqtda eshitilgan ma’lumotdan esa ko‘pchilikning hafsalasi pir bo‘ladi.

Bizning jamoa aynan shunday tizim yaratish uchun harakat qildi. Biroq davlat oliygohlaridagi yo‘nalishlarni, kurslar kesimidagi o‘quv dasturlarini to‘liq to‘plash imkoni bo‘lmagani sababli jarayon to‘xtab qoldi.

Mutasaddilar mana shu jarayonni inobatga olib, "perevod" qilayotgan talaba oldindan kursini bilishi mumkin bo‘lgan tizimni yaratishlari yoki shunday tizim yaratmoqchi bo‘lganlarga mavjud imkoniyatlarni ochib berishlari juda ko‘p talaba va ota-onalarning mushkullarini oson qilgan bo‘lar edi.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling