“Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi”da “Besh tashabbus olimpiadasi” ning yangi mavsumi tantanali ravishda ochildi!
Tantanali tadbir ochilishida so‘zga chiqqanlar, ushbu olimpiada qisqa vaqt ichida umummilliy harakatga aylanganini ta’kidladi. O‘tgan yili o‘tkazilgan ommaviy sport musobaqalarida 10 million yoshlar faol ishtirok etgani bu tashabbusning naqadar keng ommalashganini ko‘rsatadi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, shuningdek, avvalgi mavsum g‘olib va sovrindorlari, yoshlar, oliy ta’lim muassasalari talabalari, umumta’lim maktab o‘quvchilari, taniqli sportchilar va madaniyat xodimlari, shuningdek, hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
“Besh tashabbus olimpiadasi” – bu yoshlarning sport, san’at, innovatsiyalar, axborot texnologiyalari va kitobxonlik yo‘nalishida o‘z iqtidorini namoyon etish imkoniyati!
Yangi mavsumga tayyormisiz? Sizni qiziqtirgan yo‘nalishda ishtirok etib, o‘z imkoniyatlaringizni sinab ko‘ring!
#Ta'lim telekanali #Yangiliklar