O‘quv yili ham oxirlab, ko‘z ochib yumguncha may oyiga ham yetib keldik. May oyini ko‘pchilik bitiruvchi kurs talabalari xushlamaydi. Negaki, ular aynan shu oyda to‘rt yillik jarayonning birpasda o‘tib ketganini, darslar paytida zerikib uxlab o‘tirganlarini, uchinchi parani chopganlarini, bitta odam nam salfetka so‘rasa qolganlariyam olib tugatib qo‘yishini, kechikib darsga kelganda ustozi dakki bergan paytlarini birma-bir eseslab,huqur xo‘rsinib qo‘yadigan onlarni boshdan kechiradi.
Butun guruh ichida bir-birining ismini bilmaydiganlar ham vinetka kuni bir-biri bilan tanishadi. Aytgancha, talabalikning oxirgi onlarini his qilib qolish va uni butun umrga kamera plyonkalariga muhrlash uchun respublikamizning barcha hududlaridagi talabalar kursdoshlari vinetkaga tushishadi.
Ommaviy axborot vositalari ayrim hududlardagi vinetka narxlarini talabalar uchun o‘rganib chiqdi. Unga ko‘ra, vinetkaga tushishning
Yozilganidek, aksariyat hududlardagi vinetka narxlari deyarli poytaxt bilan bir xil. “Talabalik umr – bahori” – deganlaridek, uni bir umr esda qolarli qilib muhrlash uchun aslida hech qanday pulning ahamiyati yo‘q. Bu onlar, bu davrlar umrning eng go‘zal damlari sanalganidek, katta hayot bo‘sag‘asida talabalarni jonajon universiteti va jonkuyar ustozlari mudom qo‘llab-quvvatlaydi. Shuning uchun ham bitiruvchilar bu onlarni butun umr yaxshi xotiralar bilan eslab yurishini tilab qolamiz!
#Maqola