Maqolalar 15/04/2025 Bola bog‘chaga bormagani uchun uni maktabga qabul qilmaslik mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish hamda o‘quvchilarni bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”ga muvofiq, Qabul komissiyasi qanday sabablar va holatlarga ko‘ra, bolalarni maktabga qabul qilishni rad etishi mumkinligi keltirib o‘tilgan.

Qarorga ko‘ra:

  • –  tibbiy ma’lumotnomada maktabda o‘qish tavsiya etilmagan bo‘lsa;
  • –  tanlagan tilda bola boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa;
  • –  berilgan ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlansa.

Boshqa holatlarda bolalarni maktabga qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shundan kelib chiqadiki,  maktabgacha tayyorlov kurslarida o‘qimaganligi yoki bog‘chaga bormagani uchun bolani maktabga qabul qilmaslik mumkin emas. Agar yuqoridagi sanab o‘tilgan kamchiliklar sababli qabul qilishga rad etilsa. ular bartaraf qilinib, qayta hujjat topshirish mumkin.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling