Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qaroriga 1-ilovada tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 6-bandiga ko‘ra avvalgi o‘quv semestri natijalariga ko‘ra stipendiyalar:
a) quyidagi tartibda tayinlanadi va to‘lanadi:
b) fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizi va undan ortiq qismi “qoniqarli” baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) bo‘lgan talabalarga (to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno) navbatdagi o‘quv semestri mobaynida stipendiya tayinlanmaydi.
Shunga ko‘ra talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 71 foizdan kam bo‘lsa, unga stipendiya to‘lanmaydi. Agar bu ko‘rsatkich 71 foiz yoki undan yuqori bo‘lsa (86 foizgacha) unga bazaviy stipendiya to‘lanadi.
#Maqola