Yangiliklar 24/02/2025 "El-yurt Umidi" jamg‘armasi stipendiatlari AQSHda, milliy kiyimlar festivalida ishtirok etishdi!

   "El-yurt Umidi" jamg‘armasi stipendiatlari, AQShning joylashgan “Colorado State University” talabalari Murodova Mohinur, Ubaydullayeva Gulhayo, Bahodirova Madina, Hayitboyeva Iroda, Abdullayeva Shahina hamda Ravshanbekova Shahinalar 22-fevralda bo‘lib o‘tgan "World Unity Fair" festivalining milliy kiyimlar namoyishida O‘zbekiston nomidan ishtirok etishdi.  

   Festival davomida o‘zbek tilida qo‘shiqlar ham jarang sochdi va universitet talabalari hamda mahalliy aholi barcha millatlarning urf-odatlari, an’analari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldi.

   Ishtirokchilar va aholi tomonidan o‘zbek milliy atlaslarini juda katta qiziqish bilan qarshi olindi hamda O‘zbekistonga sayohat qilish rejalashtirganliklarini ma’lum qilishdi.

Ma’lumot uchun: O‘zbek milliy urf-odatlari, taomlarimiz, milliy kuy-qo‘shiqlar va qadriyatlarimizni targ‘ib qiluvchi tadbirlar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.
 

#Ta'lim telekanali   #Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling