Maqolalar 01/11/2024 To‘langan kontrakt summasining 12 foizini qaytarib olish uchun nima qilish kerak?

To‘langan kontrakt summasining 12 foizini qaytarib olish uchun nima qilish kerak?

Birinchi navbatda,  o‘zining, turmush o‘rtog‘ining yoki farzandlarining kontraktlarini to‘layotgan shaxs davlat ishchisi yoki qaysidir xususiy sektorda rasmiy ish faoliyat yurituvchi xodim bo‘lishi lozim. Sababi,  ayni paytda O‘zbekiston hududida daromad solig‘i 12 foizni tashkil qiladi. Ya’ni har bir davlat ishchisi yoki qaysidir xususiy sektorda rasmiy ish faoliyat yurituvchi xodim olayotgan oyligidan 12 foiz ushlab qolinadi. 

Ikkinchidan, soliq chegirmasini olish uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilgan bo‘lishi talab etiladi:

•  o‘z mablag‘lari;

•  jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;

•  yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari.

To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:

•  to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;

•  bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

•  OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;

•  pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.

Huquqiy asos: lex.uz/docs/-4674902

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling