Quyidagilar mumkin:
- Boshqa viloyatga turmushga chiqqani sababli o'sha hududga o'qishini ko'chirishi (o'zining yo'nalishiga yoki mos va turdosh yo'nalishga ko'chirishi, xoxlasa ta'lim shaklini ham o'zgartirib ko'chirishi ham mumkin);
- Ota-onasi yoki turmush o'rtog'i davlat xizmatchisi bo'lib, ularning doimiy ish koyi boshqa viloyatga ko'chirilgani sababli (bunda ham yuqoridagi singari shakllarda perevod qilish mumkin);
- Faqatgina davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga uzrli sababga ko'ra tegishli tartibda ko'chira olish.
Quyidagilar mumkin emas:
- Ichki perevod (bir oliygoh ichida ta'lim yo'nalishini yoki ta'lim shaklini o'zgartirish);
- Bir hudud doirasida boshqa oliygohga ko'chirish (masalan bir viloyatdagi boshqa oliygohga o'qishni ko'chirish);
- Xorijiy yoki respublika hududidagi ularning filiallaridan o'qishni ko'chirish;
- Davlat oliygohlaridan xususiy oliygohlarga o'qishni ko'chirish;
- Xususiy oliygohlardan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish;
- Xususiy oliygohlar o'rtasida o'zaro o'qishni ko'chirish harakatlari;
- Xususiy oliygoh bilan bog'liq har qanday o'qishni ko'chirish jarayonlari;
- Xorijdan davlat yoki xususiy oliygohlarga o'qishni ko'chirish.
IZOH: Qishki qabul jarayonlarida o'qishni ko'chirish hech qanday maxsus imtihonlariz o'tkaziladi. Taqdim etilgan hujjatlar vazirlik komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilib, shunga asosan xulosa beriladi.
Manba: https://t.me/Jafarxon_Isaxonov/48
#Talaba
#O‘qishni ko‘chirish