2023-2024-o‘quv yilidan boshlab umumta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-o‘qituvchilar, attestatsiyasidan o‘ta olmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etib kelinadi.
Joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlari 15-16-may kunlari quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:
Ma’lumot uchun: ushbu sinovlarda pedagogning mutaxassislik fani bo‘yicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 baldan, jami 100 ball bilan baholanadi.
56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgor nazorat sinovidan o‘tgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.
#Yangiliklar