So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling
Milliy statistika qo‘mitasi 2025-yil yanvar-mart oylari uchun asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar bo‘yicha ma’lumot e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 3 oy davomida ta’lim sohasiga 1 trln 257 mlrd so‘m investitsiya jalb qilingan. Bu raqam o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 150 mlrd 936 mln so‘mga ko‘proq.
Ammo statistikada ushbu pullar ta’limning aynan qaysi sohasiga yo‘naltirilgani haqida ma’lumot keltirilmagan.
Qayd etish lozim, 2025-yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga davlat byudjetidan salkam 60 trln so‘m mablag‘ ajratilishi haqida xabar bergan edik.
#Maqola