❌ Yo‘q, bunga haqqi yo‘q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to‘lamaslik asos bo‘la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to‘lamagan bo‘lsa, uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.
Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay NB qo‘yib qo‘yish, va boshqa g‘ayriqonuniy harakatlarni amalga oshirish mumkin emas.
📑 Kontrakt to‘lash muddatlari:
➖Abituriyentlar uchun kontraktning 25 foizini – 15-sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)
➖ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun – 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);
➖To‘lov miqdorining kamida 50 foizi – 1-yanvargacha;
➖Kontraktning 75 foizi – 1-aprelgacha;
➖Kontraktning 100 foizi – 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);
🟢xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha.
#Maqola