Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom 4-bandiga ko‘ra majburiy attestatsiya 5-yilda o‘tkaziladi.
Agar bir marta attestatsiyaga jalb etilib, undan o‘ta olmagan bo‘lsangiz, unda nizom 44-1-bandiga ko‘ra ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyaga ko‘pi bilan uch marta jalb etiladi.
Bunda uch martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan yoki uzrli sababsiz (kasallikka chalinishi oqibatida uzoq muddatli mehnatga qobiliyatsizlik hamda davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligidan tashqari hollarda) attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadr bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bekor qilinadi.
Yuqoridagi qoidaga ko‘ra majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan bo‘lsangiz, bahorda navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishingiz kerak bo‘ladi.
#Maqola