Maqolalar 29/11/2024 Maktab direktori ish stavkasining 30 foizini olishga haqlimi?

Ish stavkasi mehnat shartlari toifasiga kiradi

 

Mehnat kodeksining 134-moddasiga asosan mehnat shartlari deganda ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq xodimning mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining majmui tushuniladi.

  • Ijtimoiy omillar jumlasiga mehnatga haq to‘lash miqdori, ish vaqtining, ta’tilning davomiyligi va boshqa shartlar kiradi.
  • Ishlab chiqarish omillari jumlasiga texnika, sanitariya, gigiyenaga oid, ishlab chiqarish-maishiy va boshqa shartlar kiradi. 

Bunda ushbu kodeks 135-moddasiga asosan mehnat shartlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvida belgilanadi. 

Mana shu qoidaga ko‘ra ish beruvchi ham ish haqi bilan bog‘liq shartni bir tomonlama o‘zgartirishi mumkin bo‘lmaydi.

Bu holatda tuman adliya bo‘limiga murojaat qilish kerak.

#Maqola   #Top savollar   #Tartib qoida  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling