Maqolalar 27/11/2024 Maktabdagi pedagog xodimlarni rag‘batlantirish tartibi qanday?

Maktab xodimlarini direktor jamg‘armasidan moddiy rag‘batlantirish asoslari belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida"nizom 9-bandiga ko‘ra umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy rag‘batlantirish va moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.

Mana shu qoidaga ko‘ra maktabda pedagogik toifaga kirmaydigan boshqa xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ularga moddiy yordam berish mumkin.

Bunda nizom 29-bandiga asosan umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat "1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin.

Shunday ekan, maktabdagi barcha xodim yilda faqat bir marta 1-oktyabr munosabati bilan mukofotlanishi mumkin.

#Maqola   #Oʻqituvchi   #Top savollar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling