✅Maqsadli doktoranturaga nomzodlar buyurtmachi tashkilot tomonidan tavsiya etiladi. Bunda, bir o‘ringa yuborilayotgan nomzodlarning soni qoida tariqasida kamida ikki nafar bo‘lishi lozim.
✅Maqsadli doktoranturaga qabul qiluvchi oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi har yili 1-mayga qadar o‘zlari tizimiga kiradigan vazirlik, idora yoki tashkilotga maqsadli doktoranturaga qabul qilish yuzasidan kvota ajratish bo‘yicha murojaat qiladi.
✅Tasarrufida oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar har yili 15-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar, amaldagi oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarining samaradorligi, ta’lim olayotgan doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar kontingenti, ilmiy rahbarlar va ilmiy konsultantlarning samarali ishlari, shuningdek mazkur Nizomda belgilangan, bir nafar ilmiy rahbar hamda bir nafar ilmiy konsultantga biriktiriladigan doktorantlar sonidan kelib chiqib, keyingi yildan boshlab tayanch doktoranturaga, doktorantura va maqsadli doktoranturaga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjet mablag‘lari hisobiga o‘qitish uchun qabul kvotasi bo‘yicha asoslangan takliflar bilan murojaat qiladilar.
👉Batafsil
#Maqola