Yangiliklar 25/11/2024 Nodavlat bogʻcha va maktablar 2030-yilgacha barcha turdagi soliq va yigʻimlardan ozod qilindi

“Taʼlim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori  qabul qilindi

Qaror bilan 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari:

➖ barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yigʻimlardan ozod qilinadi;

➖ unda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq toʻlamaydi.

Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining quyidagi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovar jihozlariga bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno):

➖ zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari;

➖ kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;

➖ oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

➖ nodavlat taʼlim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga “A-2” oʻqituvchilar kirish vizalarini berish yoʻlga qoʻyiladi;

➖ davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yigʻim miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.

#Ta'lim telekanali   #Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling