Maqolalar 21/06/2025 O‘qishni  ko‘chirish jarayonlari boshlanishiga ham oz qoldi

Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tiladi: 

➡️  transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;

➡️  my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.

Arizalar qachon beriladi?

● O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha beriladi.

● Arizalar har yili 5-avgustdan 30-avgustga ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 toifa talabalarga ruxsat bor: 

■ Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;

■ Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin. 

O‘qishini ko‘chirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

● ko‘chirishni istagan ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;

● reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxalari;

● ichki perevod bo‘lsa asoslantiruvchi hujjat;

● pasport yoki ID nusxasi.

Quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirish arizalari rad etilishi mumkin:

✅akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan xorijiy OTMda yoki ularning filiallarida o‘qiganlar;

✅mavjud ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shaklida o‘qiganlarga;

OTMning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;

✅1-kurs 1-semestrni tugatmasdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar;

✅OTMda mos ta’lim yo‘nalishi yoki shakli bo‘lmaganda, fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda;

✅kontrakt asosida o‘qiyotganlar to‘lovni o‘z muddatida to‘lamaganda;

✅talabaning shaxsiy yig‘ma jildi o‘z muddatida berilmaganida;

✅grant bilan ko‘chirish uchun bo‘sh o‘rinlar bo‘lmaganida;

✅OTM moddiy-texnika bazasi imkoniyati cheklanganda;

✅maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishiga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirmoqchi bo‘lganda;

✅kechki ta’limdan sirtqi ta’limga hamda kechki ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;

✅ talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa.

➡️Grant asosida o‘qishni ko‘chirish uchun faqat grantda o‘qiyotgan talabalar ariza berishi mumkin hamda ariza berilgan OTMning joriy yildagi qabul kvotasida grant o‘rinlar mavjud bo‘lishi kerak.

➡️Ko‘zi ojizlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvotada grant asosida o‘qiyotganlar o‘qishi granti asosida ko‘chiriladi.

➡️Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi.

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling