Maqolalar 15/04/2025 O‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabaning tegishli fanlardan sertifikatlari bo‘lsa, imtihondan ozod etiladimi?

Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash istagini bildirgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim muassasalarining muayyan ta’lim yo‘nalishidagi o‘qishga kirish fanlari bo‘yicha o‘qiydigan tilida maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan – jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.

Ko‘chirilayotgan oliy ta’lim muassasasida tegishli o‘qitish tili mavjud bo‘lmasa, o‘qitish tilini tanlash fuqaroning arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining matbuot xizmatining ma’lumot berishicha,o‘qishni ko‘chirish istagida bo‘lgan talabgorda mutaxassislik yoki majburiy fanlardan xalqaro tan olingan yoki milliy sertifikatlari mavjud bo‘lsa ham ular shu fanlardan bo‘ladigan imtihondan ozod etilmaydi.

Chunki, o‘qishni ko‘chirish uchun mutaxassislik fanlari yuzasidan shu fanni o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun test yoki amaliy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling