Maqolalar 26/04/2025 O‘qituvchi faoliyatiga aralashmang, javobgarlikka tortilasiz

Sessiya paytida OTMlarda  ta’lim tashkiloti yoki talabalarning o‘zlari tomonidan ham o‘qituvchilar faoliyatiga aralashish holati uchrab turadi. Ammo unutmaslik kerakki, o‘qituvchilar faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor. 

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-5-moddasiga muvofiq ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling