So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling
Endilikda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilari uchun 2026-2027-o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida maqsadli magistratura tashkil etiladi.
Unda o‘qituvchilar ishdan ajralmagan holda masofaviy ta’lim shaklida o‘qitiladi. Magistraturaga faqat xalqaro tashkilot tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan tizimdagi oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar qabul qilinadi.
Magistraturada masofadan o‘qitish va davlat tomonidan diplom berish tartibi, to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash hamda talabalarning bilimini baholash mezonlari ishlab chiqiladi.
#Yangiliklar