Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra: oliy ma’lumotga ega bo‘lgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olishlari mumkin.
✅ Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.
O‘qishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) my.edu.uz elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon o‘tkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan e’lon qilinadi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda o‘qish 2-kursdan boshlanadi. Bunda o‘qish davomiyligi tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.
❌ Nizom oliy harbiy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qabul kvotalari va imtihonlar haqida o‘qishga topshirmoqchi bo‘lgan oliy ta’lim muassasangiz orqali bilib olishingiz mumkin.
#Maqola