Maqolalar 13/05/2025 Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun qabul kvotalari e’lon qilindi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga hujjatlar qabuli joriy yilning 1-20-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Hujjatlar qabuli onlayn shaklda my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Agentlikning ariza.piima.uz rasmiy veb-sayti hamda mobil ilova orqali qabul qilinadi.

2025-2026-o‘quv yili uchun:

➖Prezident maktablariga 336 nafar,

➖ijod maktablariga 440 nafar,

➖Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 24 nafar,

➖Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 24 nafar,

➖ixtisoslashtirilgan maktablarga esa 8 200 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

Qabul jarayonlariga oid savollarga javob berib borish maqsadida Murojaatlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Markazga har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha 1206 qisqa raqam orqali bog‘lanish mumkin.

Bundan tashqari, onlayn hujjat topshirishga ko‘maklashish hamda o‘quvchilar qabuli yuzasidan murojaatlarga javob berish bo‘yicha (hududiy) shtablar ham tashkil etildi.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling