Yangiliklar 11/05/2025 Sirtqi ta’limni tugatilishi xususiy universitetlarda kontrakt narxi ko‘tarilishiga sabab bo‘ladimi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi 76-son farmoniga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatildi. Ya’ni, 1 yarim oydan keyin boshlanadigan qabul jarayonlarida sirtqiga kvota berilmaydi.

Sirtqi ta’limga qabul tugatilishi xususiy universitetlar uchun jiddiy moliyaviy zarba bo‘lishi kutilmoqda.

Ayniqsa, ularning asosiy qismi – 70% dan ziyodi aynan sirtqi ta’limdan daromad olib kelayotganini hisobga olsak, bu o‘zgarish quyidagi natijalarga olib kelishi mumkin:

➖ shartnoma narxlari oshishi, xarajatlarni qoplash va faoliyatni saqlab qolish uchun xususiy OTMlar kontrakt summalarini oshirishga majbur bo‘ladi;

➖ talabalar soni kamayishi, ayniqsa, ishlab yurgan yoki imkoniyati cheklangan yoshlar oliy ta’limdan chetlashishi mumkin;

➖ kechki va masofaviy ta’limga talab ortishi, chunki endilikda alternativ yo‘nalish sifatida faqat shu shakllar qoladi;

➖ OTMlar qayta tashkil etilishi – ba’zi xususiy universitetlar o‘z ta’lim shakllarini yoki biznes modellarini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling