Yangiliklar 01/03/2025 “Sun'iy intellekt va Frilansing” bo'yicha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida forum bo‘lib o‘tdi

   Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda "Raqamli  iqtisodiyot tadqiqotlari markazi" davlat muassasasi hamkorligida tadbir tashkil etilib, unda Toshkent shahar talabalarining 100 ga yaqin vakillari ishtirok etdi.

   Forumda tadbir ishtirokchilariga sun’iy intellektning imkoniyatlari va uni frilansingdagi ro'li haqida ma'lumotlar berib o'tildi. Markaz xodim ekspertlari sun’iy intellektning frilanserlar uchun qay tarzda foydali bo'lishi, ularning ishini qanday osonlashtirishi va yangi imkoniyatlarni yaratishi haqida ta'kidlab o'tdilar.

   Shuningdek, forumda muhokama qilingan asosiy mavzulardan biri sun'iy intellektning rivojlanishi bo'ldi. Yoshlarga sun'iy intellektni o'z ishlariga integratsiya qilish va bu texnologiyadan samarali foydalanish bo'yicha maslahatlar berildi.

#Ta'lim telekanali   #Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling