Maqolalar 30/05/2025 Tadqiqotchi-olimlar uchun akademik ilmiy izlanishlarni takomillashtirish bo‘yicha bepul o‘quv dasturiga start berildi!

Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusi bilan Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasining moliyaviy ko‘magida tadqiqotchi-olimlar uchun bepul “AI-Enhanced Academic Research and Writing Assistant” o‘quv dasturining saralash bosqichlari boshlandi.

Loyiha maqsadi:

Tadqiqotchi-olimlarning sun’iy intellekt texnologiyalari orqali akademik yozuv, adabiyotlar va ma’lumotlar tahlilini tizimlashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirgan holda tadqiqotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan.

O‘quv dasturida qatnashish uchun qo‘yiladigan talablar:

1. Dasturda ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish;

2. Ingliz tili B1 darajada bo‘lishi;

3. Ilmiy tadqiqot natijalari va ishlanmalariga ega bo‘lishi;

O‘quv shakli:

Ishtirokchilar 4 oy mobaynida haftada 2 marta onlayn va oflayn shaklda mustaqil ta’lim hamda mentorlar bilan workshop va master-klass shaklida mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar.

Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich – ariza topshirish;

2-bosqich – ingliz tilida onlayn suhbatdan o‘tish.

Arizalarni topshirish joriy yil 20-iyun sanasiga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun ariza qoldirish:

👉 https://shorturl.at/r0WbL

Batafsil ma’lumot uchun:

+998933225689

+998951705995

📧:englishforscience@gmail.com

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling